29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31 °C

Xalqaro hamkorlik
23 May  2020 342

Oʻzbekiston gilosi Koreya bozorida

Oʻzbekiston gilosi Janubiy Koreya bozorlarini zabt etyapti.

Bugun “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasining charter reysi bilan Janubiy Koreyaning Inchon shahriga mamlakatimizda yetishtirilgan 17,8 tonna miqdoridagi gilosning navbatdagi partiyasi yetkazildi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

“Gold Dried Fruits Export” kompaniyasi tomonidan Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida tashkil etilgan yuk Janubiy Koreyadagi hamkor — “NK GlobalNet Co., Ltd.” kompaniyasiga yetkazildi. Oʻzbek giloslari Janubiy Koreyada ulgurji va chakana savdo tarmoqlari orqali tarqatiladi.

Oʻzbek gilosining dastlabki joʻnatmasi Koreya Respublikasiga joriy yil 15-mayda olib borilgan edi.

Shu oʻrinda 2020-yil Koreya Respublikasining karantin hamda hayvon va oʻsimliklar inspeksiyasi agentligi Oʻzbekistonning “Gold Dried Fruits Export” (Toshkent shahri) kompaniyasi, “Uz-Segang” qoʻshma korxona (Fargʻona viloyati), “Brand Investment Group Agro” MCHJ (Andijon viloyati), “Pure Fruit Trade” MCHJ (Namangan viloyati), “Namangan Agro Logistics” MCHJ (Namangan viloyati) va “Samarkand Garden Plast” MCHJ (Samarqand viloyati) kabi 6 ta kompaniyasiga Janubiy Koreya bozoriga yangi uzilgan gilos yetkazib berishga ruxsat berganini taʼkidlash joiz.

Mamlakatimizning Seuldagi diplomatik missiyasi mamlakatimizda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Janubiy Koreya bozoriga eksport qilish boʻyicha tizimli ishlarni faol davom ettiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech