01 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,7 °C

Biznes
9 Mart  2020 2378

Nyu-Yorkni zabt etgan o‘zbek gilamlari

Amerikada o‘zbek to‘qimachilik kompaniyalari mahsulotlarining savdosi yo‘lga qo‘yildi.

2020-yil 2-martda Nyu-York shahrida firma gilamlarini sotish bo‘yicha Samarqandda faoliyat yuritadigan «SAG» kompaniyasi, hamda shoyidan to‘qilgan to‘qimachilik mahsulotlarini sotish bo‘yicha Shahrisabz shahrida faoliyat olib boradigan «Gulnor» kompaniyasi savdo uylarining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning Vashingtondagi Elchixonasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, AQShda so‘ngi ikki yilda ochilgan ikkinchi o‘zbek savdo uyida o‘zbek gilamlari va shoyidan to‘qilgan an’anaviy to‘qimachilik mahsulotlarining sotuvi tashkillashtirildi. Savdo maydoni, shuningdek yurtimizda ishlab chiqarilgan har xil tovarlarning, jumladan, keng assortimentdagi xonaki to‘qimachilik mahsulotlarining ko‘rgazma va yarmarkalarini o‘tkazish uchun «shou-rum» sifatida ham xizmat qiladi. Savdo uyiga tashrif buyuruvchlar o‘zbek to‘qimmachilik sanoati mahsulotlarining sifati va xilma-xilligini yuqori baholadilar. Shuningdek, AQShga yetkaziladigan tovarlarga talab katta ekanligi va ularning raqobatbardoshligi e’tirof etildi. 

Hozirgi vaqtda Filadelfiya va Nyu-York shaharlaridagi ikkala savdo uyiga o‘zbek gilam va to‘qimachilik mahsulotlari kompaniyalari tomonidan yetkazilgan tovarlarning dastlabki partiyasi umumiy hajmi 32 tonnani tashkil etib, ularning qiymati 300 ming dollarga tengdir. Shuningdek, yana qo‘shimcha 350 ming dollarlik mahsulotlar jo‘natilgan.

 Yaqinda «Gulnor» kompaniyasi Nyu-York shahrida dunyodagi ishlab chiqaruvchilarning to‘qimachilik mahsulotlari eng yirik ko‘rgazmasi va sotuvi maydoni — «NewYork NOW» xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Tadbirda dunyoning 80 ta mamlakatidan 2 300 dan oshiq brendlar ishtirok etdilar, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech