26 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Ijtimoiy hayot
16 May  2020 285

Uzoqdagi vatandoshlarimiz unutilmaydi

Saudiya Arabistonidagi vatandoshlarimiz muruvvat xayriya aksiyasini oʻtkazdi.

Mamlakatimizning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonasi koʻmagida bir guruh yurtdoshimiz “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatiga muruvvat xayriya aksiyasini oʻtkazdi.

Riyoz va Jidda shaharlarida vaqtincha mehnat qilayotgan 75 nafar oʻzbekistonlik diplomatik missiyaga murojaat qilib, koronavirus pandemiyasi tufayli mahalliy ish beruvchilar ularni ish va vaqtincha yashash joyi bilan taʼminlay olmayotganini maʼlum qilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Oʻzbekistonning Riyoz shahridagi elchixonasi va Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi ish beruvchilar bilan qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazishi natijasida fuqarolarimizga vaqtincha turar joy ajratildi. Biroq ularni oziq-ovqat bilan taʼminlash masalasi dolzarb boʻlib qolayotgan edi.

Saudiya Arabistonidagi bir guruh muruvvatli yurtdoshlarimiz murakkab ahvoldagi oʻzbekistonlik mehnat migrantlarini oziq-ovqat mahsulotlari va birlamchi ashyolar bilan taʼminlash maqsadida moliyaviy koʻmak koʻrsatyapti.

Shuningdek, fuqarolarimiz murojaatiga koʻra diplomatiya vakolatxonalarimizda tashkil etilgan Tezkor shtab tomonidan ularni Oʻzbekistonga qaytarish masalasi koʻrib chiqilyapti. Bugungacha charter reysda Vatanga qaytish istagini bildirgan yurtdoshlarimiz soni 127 nafarni tashkil etyapti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech