19 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,6 °C

Agrosеktor
15 Avgust  2019 216

O‘zbekistonda ayrim uzum navlari kombaynlarda ekilishi yo‘lga qo‘yiladi

Qishloq xo‘jaligi vazirligida Germaniyaning Reynland–Pfals Federal yeri ishbilarmon doira vakillari ishtirokida vinochilik, uzumchilik sohasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan  uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

 

Uchrashuvda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori Bahodir Xalikov bugungi kunda O‘zbekistonda Germaniyada yetishtirilayotgan  uzumlarning navlarini joriy etish, nemis texnologiyasi asosida uni yetishtirishga tayyor ekanligini bildirdi.

O‘z navbatida, Germaniyaning Reynland –Pfals Federal yeri ishbilarmon doira vakillari bugungi kunda vino uchun yetishtirilayotgan uzumning 80 foizi yuqori texnologiyalar asosida maxsus kombaynlarda ekilayotgani, tajribali mutaxassislar nemis texnologiyasini O‘zbekistonda joriy etishdan mamnun bo‘lishini bildirgan.

Muloqot davomida O‘zbekistonda Germaniya uzum navlarini yetishtirish, sohaga yangi texnologiyalarni joriy etish, jumladan, uzum navlarini kombaynlarda ekish va hosilini yig‘ib olish, shuningdek, tokzorlardan yuqori hosil yetishtirishda zamonaviy sug‘orish texnologiyalar, ya'ni tomchilatib sug‘orish tizimini keng qo‘llash maqsadida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech