25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Xavfsizlik
13 Iyun  2019 524

Oqto‘be viloyatidagi YTHda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi jabr ko‘rdi

Almati shahridagi mamlakatimiz bosh konsulligi bergan ma'lumotiga ko‘ra, Oqto‘be viloyatidagi Qorabutoq-Oqto‘be avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida O‘zbekiston fuqarosi Qo‘shshaev Diyorbek Doniyor o‘g‘li halok bo‘lgan.

Yana bir O‘zbekiston fuqarosi Nishonov Doniyor Tohirovich Oqto‘be viloyatining Aytekebiy tumanidagi “Komsomol” posyolkasida joylashgan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Uning sog‘lig‘i o‘rtacha barqaror.

Bosh konsulxona marhumning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordami ko‘rsatmoqda va vaziyat nazorat ostiga olingan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech