04 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,5 °C

Transport
30 Yanvar  2019 3386

Angren shahrida yangi temir yo‘l vokzali qurildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Toshkent viloyati aholisiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta'minlash maqsadida yangi loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Ana shunday loyihalardan biri Angren shahrida qurilgan temir yo‘l vokzalidir.

“Toshtemiryo‘lloyiha” MChJ mutaxassislari tomonidan loyihalashtirilgan ushbu vokzal bir vaqtning o‘zida qariyb 100 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi. Unda kutish va VIP-zallari, tibbiy punkt, ona va bola xonasi, bufet, ko‘chma savdo nuqtalari, elektron ma'lumotlar markazi va tablosi ham mavjud. Yo‘lovchilarning vaqtini tejash maqsadida vokzal hududida temir yo‘l kassasi ham qurilgan. Shuningdek, loyiha doirasida temiryo‘lchi quruvchilar tomonidan uzunligi 250 metr bo‘lgan perron ham yangidan bunyod etildi.

Yangi bunyod etilgan Angren temir yo‘l vokzalining yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Endilikda bu yerda uchta mahalliy va bitta xalqaro yo‘nalishdagi poezdlar to‘xtab o‘tishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech