02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Salomatlik
18 Mart  2020 541

Sog‘liqni saqlash vazirligining call-markazi 70 mingga yaqin qo‘ng‘iroqni qabul qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yagona 1003 qisqa raqamga ega chaqiruv markazini ishga tushirdi. Mazkur raqam orqali fuqarolarimiz qo‘ng‘iroq qilib, koronavirus infeksiyasi, o‘z salomatligi va yaqinlarining ahvoli bilan bog‘liq savollarga mutaxassislardan javob va tavsiyalar olmoqda.

Call-markaz kechayu kunduz ishlaydi, 200 dan ortiq mutaxassis 4 smenada uzluksiz fuqarolarning savollariga javob bermoqda. 15-martda o‘z ishini boshlagan call-markaz bugungacha 69.212 ta qo‘ng‘iroqni qabul qildi.

-  Eng ko‘p tushgan savollarga e’tibor qaratsak, dastlabki kunlarda aholi koronavirus infeksiyasi, uning alomatlari va yuqishi, oldini olish choralari haqida so‘rab murojaat qilgan, - deydi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti prorektori Sur’at G‘ulomov. - Uch kun davomida ommaviy axborot vositalari va onlayn nashrlarda keng tushuntirishlar berilgani sababli aholining xabardorligi ancha oshib, bu kabi savollar kamroq berilyapti. Endi ular asosan muayyan vaziyatga oid tavsiyalar so‘rashmoqda.

Kezi kelganda aytib o‘tish lozim, ertalab bolalar, kechqurun esa og‘aynilari bilan o‘tirgan erkaklar operatorlarga hazillashib qo‘ng‘iroq qilishi holatlari ham kuzatilmoqda. Call-markaz qoidalariga ko‘ra, murojaat etuvchining yoshi va holatidan qat’i nazar, operatorlarning barcha savollariga javob berishlari talab etiladi. Lekin hazilkashlar operatorlarni mazax qilib vaqtini o‘g‘irlayotganda chinakamiga yordam va tavsiyaga muhtoj fuqaro markazga tusha olmayotgan bo‘lishi mumkinligini ham zinhor unutmaslik lozim. Shu bois Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni faqat bunga zarurat tug‘ilgandagina 1003 raqamini terishga chaqirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech