26 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,3 °C

Yashil sayyora
25 Fevral  2020 2499

Baxmalda Italiya shafrani yetishtiriladi 

O‘zbekistan savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikramov Italiyaning OPERA SRL kompaniyasi Prezidenti Paolo de Anjelis bilan uchrashdi.

Prezident Paolo de Anjelis yurtimizga tashrifini Jizzax viloyatining Baxmal tumanida shafran plantatsiyalarini tashkillatirish niyati borligi bilan izohladi.

Italiyalik tadbirkor taqdim etgan loyihaning dastlabki qiymati 20 million dollarni tashkil etib, u 400 gektar yerda shafran o‘simligini yetishtirishga mo‘ljallangan.

Shafran gulsapsarlar turkumining Crocus navi Crocus sativus L turi takribiga kiradi.

Dunyo bo‘ylab Crocus ning deyarli 85 turi tarqalgan, lekin Crocus sativus L Hindiston, Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Afg‘oniston, Ozarbayjon va O‘zbekistonda, shuningdek 90 foizi Eronda yetishtiriladi. 

Shafran bugungi kunda farmatsevtika va parfyumeriya sohalarida haridorgir. 1 kilorgamm shafranning xalqaro bozorda narxi 8 mingdan 30 ming yevrogacha turadi. Albatta sifatidan kelib chiqib, deb xabar beradi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech