29 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,4 °C

Mamlakatimizda
2 Mart  2020 6113

«Shirokaya Maslenitsa» tinchlik va birdamlikka chorlaydi

Poytaxtimizning «Navro‘z» istirohat bog‘ida Slavyan xalqlarining milliy bayrami — «Shirokaya maslenitsa» o‘tkazildi.

Tadbir qizqarli viktorinalar, tanlovlar ham yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi. Bog‘ning ikki tarafida chiqish qilgan «Kalinushka» slavyan qo‘shiq ansambli, «Veteran xor», «Qalbli kuylar», «Ivushka» xalq kuylari kabi 20 ga yaqin san'at guruhlari tanlov, o‘yin-kulgi bilan barchaning kayfiyatiga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Rus madaniy Markazining yosh faollari rus xalq ertaklarining qahramonlarini aks ettirgan tomoshalarni namoyish qilishdi. Bayram mehmonlariga milliy taomlar — asal, kalachi, chinakam samovar choyi taklif etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda Rus milliy madaniy markazi tomonidan tashkil etilgan bayram tantanalari tabiat bilan inson o‘rtasidagi azaliy bog‘liqlikni tarannum etuvchi dastur va qiziqarli tomoshalarga boy bo‘ldi.

O‘zbekiston va Toshkent Mitropoliti Vikentiy bayramning asosiy g‘oyalaridan biri bu barcha insonlar bir-birlari bilan ahil inoq yashashlari, yaqinlariga shirin so‘z bo‘lib yordamini ayamasliklari ekanligini ta’kidladi. Shuningdek davlatimiz tomonidan diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlikka qaratilgan e’tiborni yuqori baholadi. Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishda mamlakatimiz xukumati tomonidan doimo amaliy ko‘mak ko‘rsatilayotganini e’tirof etdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech