18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,4 °C

Dolzarb
7 Avgust  2019 2725

Grenlandiya muzlari erimoqda

Mutaxassislarning aytishicha, erigan suv massasi rekord ko‘rsatkichdagi, ya'ni 12,5 milliard tonnani tashkil etadi.

Buncha miqdordagi suv Florida shtati hududini deyarli ikki santimetr qalinlikda qoplab olishi mumkin, deya xabar beradi Smithsonian nashri.

lenta.ru ning xabar tarqatishicha, olimlar muzlar erishi o‘rganila boshlangan 1950-yildan buyon bunday yillik jadal erishni kuzatishmagan. Grenlandiya muz qalqoni yuzasining 60 foizi bir millimetr qalinlikda erigani aytilmoqda.

Yevropadagi issiqlik Grenlandiya haroratini o‘rtacha 15-30 darajaga ko‘targan. Shu bilan birga, erigan suv muz yuzasi albedosi (quyosh nurlarini qaytarish xususiyati)ni pasaytiradi, bu esa erish jarayonni yanada tezlashtirib yuboradi, deya ma'lumot beradi nashr.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech