17 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Dolzarb
14 Avgust  2019 392

Gretsiyada yong‘in xavfining beshinchi darajasi e'lon qilindi

Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis ta'tilini to‘xtatib, poytaxtga qaytib keldi.

RAA «Novosti» xabariga ko‘ra, ushbu mamlakatda bir nechta yirik yong‘inlar qayd etilgan. 40 darajali jazirama va juda kuchli esayotgan shamol tufayli yong‘in xavfining eng yuqori, beshinchi darajasi e'lon qilingan.

Bundan tashqari, yordam uchun Yevropa Ittifoqiga murojaat qilishdi. Ushbu mamlakatga Xorvatiya va Italiyadan samolyotlar jo‘natildi.

Yong‘in xavfsizligi boshlig‘ining taklifiga ko‘ra, to‘rtta qishloq - Kondodespoti, Stavros, Makrimolli, Platana va Makrimolli monastiri evakuatsiya qilindi.

Yong‘inlar seshanbaga o‘tar kechasi Afina yaqinida boshlangan. Buning Gretsiya poytaxtini tutun qoplashiga sabab bo‘lgani aytilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech