13 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,5 °C

Mamlakatimizda
30 Iyun  2020 331

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Guliston filiali ochildi

Bugun 30-iyunda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Guliston filiali ochildi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov va Sirdaryo viloyat hokimi F.Mirzayev ishtirok etdi.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Guliston filiali Prezidentimizning tomonidan parlamentga yoʻllangan Murojaatnomasida koʻrsatilgan muhim va dolzarb vazifalarni va “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish Yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturidagi vazifalarni bajarish asnosida tashkil etildi.

Texnoparkda mahalliy yoshlar, tadbirkorlar, yangi hunar oʻrganish istagida boʻlgan fuqarolar uchun keng qulayliklar yaratilgan. Jumladan, kovorking markazi va oʻquv xonalari, biznes inkubator, kibersport xonasi tashkil etilgan.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Guliston filialining umumiy yer maydoni 0,63 gektarni tashkil qiladi. Ikki qavatli, jami 1 600 kvadrat metr maydonni egallagan bu koʻrkam binoda 100 dan ortiq ish oʻrni yaratilib, 15 dan ortiq axborot texnologiyalari sohasida xizmat koʻrsatadigan korxonalarni joylashtirish uchun ham moʻljallangan.

Filialda korxonalarga oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur infratuzilma, shu jumladan, yuqori tezlikdagi internet, zamonaviy laboratoriyalar, kovorking markazi, ofis maydonlari raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyati yaratilib, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari koʻrsatiladi.

Maʼlumot uchun: Sirdaryo viloyatida “5 ta muhim tashabbus”ning 3-tashabbus doirasida aholi, shu jumladan yoshlar uchun kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni oʻrgatishga moʻljallangan hamda zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari 2019-yili Mirzaobod tumanida va 2020-yilning iyun oyida Sayxunobod tumanida tashkil etilgan.

Markazlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida kompyuter savodxonligi, dasturlash asoslari, kompyuter grafikasi, robototexnika va arduino qurilmasida ishlash, veb va mobil ilovalar yaratishga oid jami 19 ta fan dasturlari ishlab chiqilgan.

Viloyatda joriy yil yakuniga qadar 4 ta (Xovos tumani, Yangiyer shahri, Oqoltin va Boyovut tumanlari) Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi, 2021-yil yakuniga qadar barcha shahar va tumanlarda jami 4 ta (Sirdaryo, Guliston va Sardoba tumanlari hamda Shirin shahri) markazlar ochiladi hamda yiliga 4 000 dan ziyod yoshlarni oʻqitish va axborot texnologiyalari yoʻnalishidagi oʻqituvchilarning malakasini oshirish imkoniyati yaratiladi.

 

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech