13 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,3 °C

Xavfsizlik
29 May  2020 1324

Xivada “Lacetti” va “Damas” toʻqnashdi

 2020-yil 24-mayda Xorazm viloyati Xiva tumanida inson qurboniga sabab boʻlgan YTH sodir etilgan.

 

Oʻsha kuni soat 17:30 da haydovchi 18 yoshli yigit otasiga tegishli boʻlgan “Lacetti” rusumli avtomashinasini Xiva tumani “Oq koʻl” mahallasidan oʻtgan 4R-157 A-sonli avtomobil yoʻlining 15 kilometrida boshqarib borayotib, yoʻlning qarama-qarshi yoʻnalishiga chiqib, shu yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan “Damas” rusumli avtomashina bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada “Damas” rusumli avtomashinasining 35 yoshli haydovchisi hamda 19 va 32 yoshli yoʻlovchilari tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. 19 yoshli yoʻlovchiga koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.

Shunisi ham qiziqki, “Lasetti” ni boshqarib kelgan shaxs otasiga tegishli avtomashinani avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarsiz boshqargan.

Holat yuzasidan Xiva tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech