11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,3 °C

Yashil sayyora
19 Avgust  2019 1446

Islandiyada 700 yoshli Okjökull muzligiga yodgorlik taxtasi o‘rnatishga qaror qilindi

Muzlik allaqachon erib ketgan, ammo uning xotirasini abadiylashtirishmoqchi.

Ramziy aksiya Amerikaning Rays xususiy universiteti (Texas shtati) olimlari tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, ular iqlim o‘zgarishiga e'tibor qaratishni rejalashtirishmoqda. Muzlikning o‘zi tasodifan tanlanmagan, aynan u, tabiiy keskin o‘zgarishlar tufayli erib ketgan.

Bronza plastinkaga island va ingliz tillarida «Kelajakka maktub» so‘zlari o‘yib yozilgan, deya xabar beradi  dw.com.

Shvetsiyada chiqadigan «NSD» gazetasining Islandiya meteorologiya instituti mutaxassislari ma'lumotiga tayanib xabar berishicha, mamlakatda 300 tadan biroz ko‘proq muzliklar bo‘lgan. Bunda shuningdek, ularning erishi bilan bog‘liq yaxshi tomonlar - mahalliy daryolar sathining ko‘tarilishi, shuningdek, gidroelektrostansiyalar ko‘proq energiya ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lganini ham keltirishgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech