03 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6 °C

Xavfsizlik
13 May  2020 3780

Tirkama agʻdarilib...

Buxoro viloyati Romitan tumanida fojiali YTH sodir etildi.

2020-yil 12-may soat 10:00 da 45 yoshli fuqaro “MTZ-80” rusumli traktorida, unga ulangan ikkita tirkamasi bilan Romitan tumani Bogʻiturkon MFYdagi fermer xoʻjaligiga qarashli dala yer maydoni hududidan oʻtgan zovurning yon tomonidagi yoʻl boʻylab harakatlanib ketayotgan.

Lekin yoʻl loyligi sababli traktor orqa tomonida boʻlgan tirkamalari sirpanib, zovur ichiga agʻanab ketgan.

Natijada traktor tirkamasida yoʻlovchi sifatida kelayotgan 34 yoshli va 33 yoshli ayollar ogʻir tan jarohati olib, hodisa sodir boʻlgan joyda vafot etishgan. Bundan tashqari ushbu tirkamada boʻlgan fuqaro 38 yoshli ayol ogʻir tan jarohatlari bilan Romitan tumani markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Romitan tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech