15 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Agrosеktor
4 Iyul  2020 728

Qoraqalpogʻistonda chorvachilik uchun auksionsiz yer berilishi mumkin

2020-yil 3-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4776-sonli “Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tumanlarida yirik va mayda shoxli naslli chorva mollarini sanoat usulida, shuningdek, yaylov va pichanzorlarda haydab boqish, chorva mollari uchun ozuqa ishlab chiqarish, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlariga:

- chorva mollarini sanoat usulida boqish uchun sugʻoriladigan yerlar hamda ularni haydab boqish uchun pichanzor va yaylovlar, chorvachilik komplekslari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, omuxta yem ishlab chiqarish maqsadida bino va inshootlar qurish uchun qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yer uchastkasi boʻlmagan taqdirda, unumdorligi past sugʻoriladigan yer uchastkalari, istisno tariqasida, tanlov va auksion oʻtkazmasdan Komissiyaning tavsiyasiga asosan ajratib beriladi;

-Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan bir vaqtning oʻzida kompensatsiya bilan birgalikda kafillik ham beriladi.

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining kompensatsiya va kafilligidan foydalangan ushbu hududdagi chorvachilik sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga, ularning kredit boʻyicha qarzdorligi toʻliq qoplanmaguncha, istisno tariqasida, jamgʻarmaning kafilligidan foydalanishga ruxsat beriladi.

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning tegishli qarori bilan yuqoridagi imtiyozlar faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻzatov, Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlari uchun tatbiq qilingan edi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech