21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Xavfsizlik
28 Iyun  2019 1234

Koreyaga ba’zi tovarlarni olib kirish taqiqlandi

Koreya Respublikasining Karantin hamda hayvon va o‘simliklar inspeksiyasi agentligi mamlakatda Afrika cho‘chqa grippi va parranda grippi tarqalishining oldini olishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar doirasida 2019-yilning 1-iyunidan boshab quyidagi go‘sht mahsulotlarini mamlakatga olib kirishni ta’qiqlaydi:

- go‘sht va go‘sht mahsulotlari: mol, cho‘chqa va tovuq go‘shtlari, vetchina, sosiska/kosbasa, quritilgan go‘sht, pishirilgan go‘sht, konservalar va hokazo;

- hayvon mahsulotlari: bug‘u shoxlari, suyaklar, patlar va hokazo;

- sut mahsulotlari: sut, pishloq, yog‘ va hokazo;

- tuxum va tuxum mahsulotlari: tovuq va qush tuxumlari, tuxum oqi, tuxum kukuni va hokazo;

- uy hayvonlari uchun ozuqa, yegulik, oziq-ovqat qo‘shimchalari va hokazo.

Yuqorida qayd etilgan go‘sht mahsulotlarini Koreya Respublikasiga qonunga xilof tarzda olib kirishga harakat qilish 5 mln Koreya voni (1$= 1155,57 von) miqdoridagi jarima solinishiga asos bo‘ladi.

Jarimani to‘lamaslik mamlakatga 5 yil muddat ichida qayta kirishga ta'qiq qo‘yilishiga sabab bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi ma’lum qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech