29 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,1 °C

Dolzarb
11 Iyun  2020 1196

Dunyo yangiliklari, 11-iyun

Belgiya hukumati ichki turizmni ragʻbatlantirish va iqtisodiyotni jonlantirish maqsadida har bir fuqaroga poyezdga 10 ta bepul chipta taqdim etadi. Shuningdek, restoran, teatr va muzeylardan foydalanish uchun 300 yevro miqdorida isteʼmol vaucheri tizimi ham yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar beradi CNN.

 

Xuddi oʻsha manbaning tarqatgan xabariga koʻra, Singapur hukumati COVID-19 ga chalingan baʼzi bemorlarni davolash uchun “Remdesivir” dori vositasidan foydalanishni tasdiqlagan.

Xalqaro havo transporti uyushmasi (IATA) prognozlariga koʻra, koronavirus pandemiyasi natijasida aviakompaniyalar 84 milliard dollar yoʻqotishadi, oʻtgan yillarga qaraganda daromad ikki baravarga kamayadi, deb xabar beradi Guardian axborot manbasi.

JHU axborot manbasining tarqatgan xabariga koʻra, hozirgi vaqtda AQSHda koronavirusga chalinganlar 2 milliondan oshib ketgan.

Ural asbob-uskunalarni qurish zavodi Rossiyadagi barcha shifoxonalardan “Aventa-M” sunʼiy oʻpka apparatini qaytarib olmoqda. Chunki bir oy avval mamlakatda 2 ta apparat yonib ketgan, deb xabar beradi RIA Novosti.

DW tarqatgan xabarga koʻr, Germaniya hukumati fuqarolariga dunyoning 160 mamlakatiga (YEIdan tashqari) 31-avgustga qadar muhim boʻlmagan sayohatlardan voz kechishni maslahat bermoqda.

Fransiyada pandemiya tufayli 800 mingta ish oʻrni yoʻqolishi taxmin qilinmoqda. Inqirozga qarshi chora-tadbirlar paketi 45 milliard yevroni tashkil etadi, undan 18 milliard yevro sayyohlik sohasiga, 15 milliard yevro aviatsiya tarmogʻiga va 8 milliard yevro avtomobil sanoatini qoʻllab-quvvatlashga ajratiladi, deb xabar beradi Economic Times.

Yevropa Ittifoqi ijtimoiy OAV platformalari pandemiya toʻgʻrisidagi yolgʻon axborotlarni qanday bartaraf etayotganliklari toʻgʻrisida oylik hisobot taqdim etishlarini talab qilmoqda, deb xabar beradi CNN.

Daniya Yevropada karantin cheklovlarini yengillatgandan soʻng epidemiya takroran avj olmagan birinchi davlat boʻldi. Mamlakatda restoran, kafe va savdo markazlari faoliyati may oyida tiklangan edi ➖COVID-19 WorldNews

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech