24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,2 °C

Kеyingi avlod
7 Mart  2019 8968

Nukus shahrida Prezident maktabining qurilishi boshlandi

Shu munosabat bilan bo‘lgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Achilboy Ramatov, Bosh prokurori Otabek Murodov, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Ibrohim Djurayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi raisi Musa Yerniyazov, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

 

Achilboy Ramatov, Musa Yerniyazov va «Nuroniy» jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi rahbari Sharap Usnatdinov Prezident maktabining poydevoriga kapsula qo‘yib, maktab qurilish ishlarini boshlab berdi. Yangi maktab Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti oldidagi hududda qad rostlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 20-fevralida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarorni imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, Prezident maktablari mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Prezident maktablari bitiruvchilariga, belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega bo‘ladilar, bu esa o‘z navbatida xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirish imkonini beradi.

Kembrij Universitetining Cambridge Assessment International Education brendi ostida faoliyat yurituvchi Imtihon Kengashi Prezident maktablariga qabul imtihonlarini tashkil etishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech