14 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +37,4 °C

Dolzarb
25 May  2020 470

Nur-Sultonda kafe va restoranlar ishlaydi

Nur-Sultonda kafe va restoranlar faoliyati yoʻlga qoʻyilyapti.

25-maydan boshlab karantin talablari ham boʻshashadi. Asosiy talab — zalda 50 nafardan ortiq kishi toʻplanmasligi kerak.

Shahar bosh shifokori Janna Praliyeva COVID-19ning tarqalishi oldini olish boʻyicha qoʻshimcha choralar haqida qaror imzolagan, deb xabar beradi Informburo.kz.

Qaror bilan 2020-yil 25-maydan boshlab mamlakatda karantin cheklovining toʻxtatilishi munosabati bilan ish faoliyati tiklanadigantadbirkorlik subyektlariga (ishlash tartibi ish kunlari soat 9:00dan 18:00gacha, dam olish kunlari 9:00dan 21:00gacha belgilangan hammom va saunalar bundan mustasno) ish Favqulodda vaziyat eʼlon qilinishidan avval oʻrnatilgan jadvalga asosan tartibini oʻzgartirishga ruxsat berilgan. Albatta, kuchaytirilgan sanitar-dezinfeksiya tartibiga rioya qilgan holda. Shuningdek, loyiha boʻyicha 50 dan ortiq joyga ega kafe va restoranlarga ham. Asosiy talab: zalda 50 nafardan ortiq kishini qabul qilmaslik, stollar oraligʻini ikki metrdan kam boʻlmagan masofada joylashtirish.

Maʼlumot uchun, FV rasman bekor qilingan, lekin karantin cheklovlari oʻz kuchida qoldirilgan. Karantin talablarini boʻshatish huquqi hududiy sanitar shifokorlarga berilgan. 18-mayda Qozogʻistonda kichik kafelarga ishlashga ruxsat berilgan. Nur-Sulton shahar sanitar-shifokori qarori bilan 50 tadan koʻp joyga ega boʻlgan kafe, restoranlarga ishlashga ruxsat berilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech