19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Voqea-hodisalar
2 Oktyabr  2019 658

Okeanda 315 milliard tonna vaznga ega muz tog‘i paydo bo‘ldi

Sharqiy Antarktidadagi Eymeri muzliklaridan so‘nggi 50 yil ichidagi eng ulkan muz bo‘lagi ajralib chiqdi.

Uning qalinligi 210 metr. Endi u diqqat bilan kuzatilmoqda, negaki bunday ulkan muz massasi okeanda suzayotgan kemalarga xavf tug‘dirishi mumkin.

Olimlar aysbergning sayozroq joyga o‘tirgan «Qimirlagan tish» muz tog‘idan birmuncha sharqroqda bo‘linishi mumkinligini hisoblab chiqdilar. Tadqiqotchilar «Qimirlagan tish»ning 2010 va 2015-yillar orasida bo‘linishini bashorat qilishgandi, lekin u hali ham joyida turibdi.

Xelen Frikerning ta'kidlashicha, muzlikdan bo‘lakning ajralishi global isish bilan bog‘liq emas.

Sun'iy yo‘ldoshdan 1990 yildan beri olinayotgan tasvirlar yoz oylarida muzlik yuzasining faol erishiga qaramasdan, Eymeri muzliklari muvozanatda qolayotganligini ko‘rsatadi, deya xabar beradi BBC.

«Antarktidada juda ko‘p narsa tashvish uyg‘otadi, ammo ushbu aniq shelf borasidagi tashvishga hyech qanday asos yo‘q», deydi professor Friker.

Suvning ko‘tarilishi va tushishi hamda shamol aysbergni g‘arbga tomon sura boshlaydi. Ushbu muz bo‘lagining parchalanib, butunlay erib ketishi uchun bir necha yil kerak bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech