30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Energetika
7 May  2020 585

3 200 ga yaqin xonadonda chiroq yondi

«Sardoba» suv omboridagi favqulodda holatdan so‘ng xonadonlar elektr ta’minoti qayta tiklanishi davom etyapti.

Avval xabar berganimizdek, Energetika vazirligi tomonidan Sirdaryo viloyati «Sardoba» suv omboridagi avariya va uning oqibatida elektr energiyasi ta'minotida vujudga kelgan uzilishlarni bartaraf etish hamda ta’mirlash-tiklash ishlarini bajarish maqsadida «Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyatining «Oq oltin tumani elektr ta’minoti korxonasi» hududida tezkor shtab tashkil etildi.

Ayni paytda Farg‘ona, Namangan va Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasilari xodimlari yuzaga kelgan joylardagi avariyani tiklash ishlariga ko‘maklashish maqsadida barcha zaruriy texnik vositalar bilan Sirdaryo viloyatiga yetib kelgan.

«Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda «Sardoba» suv omboridagi avariya va uning oqibatida elektr energiyasi ta’minotida vujudga kelgan uzilishlar, turli darajadagi texnik avariya holatlarini qayta tiklash ishlari olib borilyapti. 

Xususan, yuqorida keltirilgan tashkilotlardan jami 214 nafar xodim hamda 40 dona maxsus texnikalar yordamida Oqoltin tumani hududida 20 dona transformatorlar, uzunligi 71,8 km bo‘lgan elektr uzatish tarmog‘i qayta tiklandi. 

Shuningdek, Sardoba tumani hududida «Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ xodimlari tomonidan «Do‘stlik» mahallasini elektr energiya bilan ta’minlovchi «Yangi hayot» podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli «Tabassum» havo tarmog‘ida quvvati 160 kVA va 250 kVAli transformator punktlari o‘rganildi. 

Ushbu bajarilgan ishlar natijasida 3 182 ta aholi xonadonlari elektr energiyasi bilan ta’minlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech