14 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +37,4 °C

Mamlakatimizda
2 Iyun  2020 714

Hamkorlik doirasida

Navoiy viloyati Xatirchi tumani markazida adliya boʻlimining yangi binosi qad koʻtardi. Ushbu bino davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan.

Viloyat adliya boshqarmasi matbuot xizmati bergan xabarga koʻra, bajarilgan qurilish ishlarining umumiy qiymati 1,2 milliard soʻmni tashkil etadi.

Ikki qavatli binoda adliya boʻlimi bilan birgalikda notarial idora ham xizmat koʻrsatishi koʻzda tutilgan. Maxsus jihozlangan oʻquv xonalari tashkil etilgan boʻlib, u yerda huquqiy-maʼrifiy axborotlar bilan tanishtirilishi barobarida, qonunchilikdagi oʻzgarishlar haqida tushuntirish ishlari ham olib boriladi. Undan tashqari mazkur zamonaviy obyektda tamaddixona ham oʻrin olgan boʻlib, u yerda oʻnga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratilgan.

Dilfuza Gulyamova.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech