03 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,2 °C

Dolzarb
21 Yanvar  2020 1296

Rossiyada o‘zbekistonlik fuqarolar yong‘inda halok bo‘ldi

Tomsk oblasti Prichumlimsk posyolkasidagi binoda chiqqan yong‘inda o‘zbekistonlik fuqarolar qurbon bo‘ldi.

Портал pv.uz/Правда Востока/21 января. Bir qavatli yog‘och uyda taxta tayyorlovchi «Grinvud» MChJ kompaniyasining 12 nafar ishchisi yashagan. Ulardan 11 nafari halok bo‘lgan, deya xabar beradi RAA «Novosti».

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsuli Yusup Kabuljonov 11 nafar qurbon bo‘lganlarning 5 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, deya ma'lumot bergan.

«Biz FVV, sog‘liqni saqlash va tergov olib boruvchilar bilan yaqin aloqada ish olib boryapmiz, qurbon bo‘lganlarning tanasini olib ketishga yordam berishga tayyormiz», degan u.

Qabuljonov shuningdek, posyolkada qancha o‘zbekistonlik fuqarolar bo‘lgani haqida ma'lumot yo‘qligini ham ma'lum qilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech