09 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,8 °C

Harbiy
17 Iyun  2020 1667

Moskvadagi paradda yurtimiz harbiylari ishtirok etadi

Rossiyaga harbiy paradda ishtirok etish uchun dunyoning 12 mamlakatidan harbiylar keldilar.

17-iyunda Quruqlikdagi qoʻshinlar bosh qoʻmondoni armiya generali Oleg Salyukovning “Krasnaya gazeta” gazetasiga bergan intervyusida Qizil maydondagi paradda ishtirok etish uchun Rossiyaga 12 mamlakatdan harbiy delegatsiyalar kirib kelgani haqida maʼlum qilgan.

Uning soʻzlariga qaraganda, Gʻalaba paradida Ozarbayjonning, Armanistonning, Belarusning, Qozogʻistonning, Qirgʻizistonning, Xitoyning, Moldovaning, Mongoliyaning, Serbiyaning, Tojikistonning, Turkmaniston va Oʻzbekistonning qoʻshinlari ishtirok etadilar.

Rossiya federatsiyasi mudofaa vazirligida qayd etilishicha, Moskvada boʻlib oʻtadigan paradga tayyorgarlik barcha sanitar talablariga rioya etilgan holda davom etadi, barcha ishtirokchilar COVID-19 ga testdan oʻtadi.

Moskva Qizil maydonida boʻlib oʻtadigan gʻalaba paradining dastlabki tungi repetitsiyasi 17-iyun soat 22-00 da boshlanadi. Unda 13 mingdan ziyod harbiy xizmatchilar va 230 texnika ishtirok etadi.

Keyingi tungi repetitsiya Qizil maydonda 18-iyunda, bosh repetitsiya esa 20-iyunda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi “Regnum”.

1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan Harbiy parad 24-iyunda boʻlib oʻtadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech