22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,1 °C

Urbanizatsiya
25 Oktyabr  2019 845

Toshkent shahrida isitish mavsumi boshlandi

Joriy yilning 25-oktabr kunidan Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, poytaxtda isitish mavsumi boshlanadi, deb xabar qiladi shahar hokimligi matbuot xizmati.

Qarorga muvofiq, isitish mavsumiga o‘tish 2 bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqichda – ijtimoiy soha ob'ektlarida (maktabgacha ta'lim, xalq ta'limi va sog‘liqni saqlash muassasalarida).

Ikkinchi bosqichda – ko‘p qavatli uy-joylar va ma'muriy binolarda.

Qaror bilan, isitish mavsumiga o‘tishni yakunlash, 2019-yilning 30-oktabr kuniga qadar belgilangan.

Hurmatli xamshaharlar!

Agar Sizning turar-joyingizda issiqlik ta'minoti yoqilishi jarayonida muammolar yuzaga kelsa, u holda Toshkent shahar xokimligi qoshidagi Kommunal xizmatlar boshqaruv markazining 1055 qisqa

va (71) 210-01-87 raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech