11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

Mamlakatimizda
8 Iyul  2020 913

Toshkentda yutuqli chek oʻyinlariga start berildi

Bugun koʻpgina dorixonalarda, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari va ayrim savdo nuqtalarida isteʼmolchilarga odatdagi chek oʻrniga onlayn nazorat-kassa mashinalari (onlayn NKM) yoki virtual kassa cheklari berilmoqda.

Bunday cheklarning har birida unikal maʼlumotlar – QR kod, fiskal belgi, sotib olingan tovar nomi, hajmi, narxi, QQS stavkasi va summasi aks etgan.

Muhim afzalligi – aynan ushbu cheklar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tashkil etiladigan yutuqli oʻyinlarda ishtirok etadi. Yutuqli chek oʻyinlarida unikal QR kodli chek olgan har bir isteʼmolchi qimmatbaho sovgʻa sohibi boʻlishi mumkin.

Sovrin jamgʻarmasi 1 milliard soʻmni tashkil etadigan oʻyinlar hozircha faqat Toshkent shahri isteʼmolchilari orasida oʻtkaziladi. Birinchi yutuqli oʻyinlar 2020-yil 22-iyulda oʻtkazilishi rejalashtirilgan. U poytaxtning eng yirik supermarketlaridan birida boʻlib oʻtadi.

Qanday qilib yutuqli oʻyin ishtirokchisi boʻlish mumkin?

Sovrinli oʻyinlarda ishtirok etish uchun olingan kassa chekini “SOLIQ” mobil ilovasi yoki 1077 qisqa raqamiga SMS yuborish orqali roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.

“SOLIQ” mobil ilovasi yordamida chekning QR kodi skaner qilinishi lozim, shundan soʻng mazkur chek oʻyinda ishtirok etadi.

Shuningdek, chekning 12 sondan iborat fiskal belgisini 1077 qisqa raqamiga SMS tarzida yuborish orqali roʻyxatdan oʻtkazish imkoni ham mavjud.

Muhim! Qimmatbaho sovrinlar oʻyinida chekning aslini butun holatda (chek nusxasi hisobga olinmaydi va mukofot berish uchun asos boʻlmaydi) saqlab qolgan haqiqiy egasi(bevosita tovarni sotib olgan shaxs) ishtirok etadi.

Onlayn NKM va virtual kassalar qayerga oʻrnatilgan?

Eslatib oʻtamiz, 2020-yil 1-yanvardan boshlab onlayn nazorat-kassa mashinalari alkogol va tamaki mahsulotlari, dori-darmon, avtomobillarga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz yoqilgʻisi savdosi bilan shugʻullanuvchi 26,7 mingdan ziyod tadbirkorlik subyektlari tomonidan faol foydalanilmoqda. Hozirda Toshkent shahrida onlayn NKM va virtual kassalar bilan jihozlangan savdo nuqtalarining soni 4 mingdan oshadi.

Oʻtgan yil yakunlari boʻyicha yillik oboroti (tushumi) 5 milliard soʻmdan oshgan tadbirkorlik subyektlari ham joriy yil 1-avgustdan ular safiga qoʻshiladi. Yil yakunlari boʻyicha yillik oboroti 100 million soʻmdan oshgan yoki yil davomida ushbu chegaraviy miqdorga yetgan subyektlar – 2021-yil 1-yanvardan. Boshqa barcha tadbirkorlik subyektlari 2022-yil 1-yanvardan onlayn NKM yoki virtual kassadan foydalanishga oʻtishi shart.

Isteʼmolchilarga onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa oʻrnatilgan joylarni topish oson boʻlishi uchun, “SOLIQ” mobil ilovasida xarita boʻyicha qidiruv (geolokatsiya) funksiyasi yaratildi. Unda smart kassalar bilan jihozlangan barcha savdo nuqtalari aks ettirilgan.

Shuningdek, har bir savdo nuqtasining kassasida Onlayn NKM mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot koʻrsatilgan quyidagi shakldagi maxsus dumaloq stiker yopishtiriladi.

Qimmatbaho sovrinlar oʻyinida kimlar qatnashishi mumkin?

Birinchi bosqichda faqat Toshkent shahri isteʼmolchilari ishtirok etishi mumkin. Bu kabi sovrinli oʻyinlar kelgusida boshqa hududlar miqyosida ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Agar gʻoliblar orasida 18 yoshga yetmagan va muomalaga layoqatsiz jismoniy shaxslar aniqlansa, yutuqlar ularning qonuniy vakillari tomonidan vakilligini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatgan holda olinishi mumkin.

Gʻolib boʻlish ehtimoli xarid miqdoriga bogʻliq emas. Cheklar soni gʻolib boʻlish imkoniyatini oshiradi. Bitta chek (nusxasi emas) faqat bir marta roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.

Muhim! Gʻolib boʻlganda uni olish uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan chek butunligicha saqlanishi shart, deb xabar beradi DSQ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech