16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,8 °C

Sanoat
24 Dekabr  2018 1636

Toshkent viloyatida yangi farmatsevtika korxonasi tashkil etiladi

Hindistonning «Kusum Healthcare» farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonda antibiotiklar, og‘riqsizlantiruvchi, zamburug‘larga va bodga qarshi dori-darmonlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Ushbu loyihani «Bo‘stonliq-farm» va «Parkent-farm» erkin iqtisodiy zonalari hududlarida 2020-yili amalga oshirish rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hindistonga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida mazkur kompaniya va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi imzolagan kelishuv doirasida amalga oshiriladi. Loyihaning dastlabki qiymati – 5 million dollar.

«Kusum Healthcare» kompaniyasi xalqaro farmatsevtika sanoati bozorida yigirma yillik tajribaga ega. Kompaniya rahbarlari mavjud infratuzilma bilan tanishish, qurilajak ishlab chiqarishning joyini aniqlash maqsadida nomlari yuqorida aytilgan erkin iqtisodiy zonalarda bo‘ldi. Ushbu biznes-rejaning marketing tadqiqotlari 2019-yil boshida yakuniga yetadi.

Sanjar Yoqubov.
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech