10 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9 °C

Transport
20 Sentyabr  2019 958

Toshkent markazida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi

20-21-sentyabr kunlari 19:30da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat katta teatrining oldidagi maydonida “OPEN AIR-2019” simfonik musiqa konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda jahon va o‘zbek milliy musiqa san'atining durdona asarlari ijro etiladi.

Mazkur konsert dasturini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida joriy yilning 20-21-sentyabr kunlari soat 17.00dan 23.00gacha ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

- Matbuotchilar ko‘chasining Zarafshon ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

- Buyuk Turon ko‘chasining Matbuotchilar ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

- Islom Karimov ko‘chasining Zarafshon ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

- Zarafshon ko‘chasining Matbuotchilar ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

- Buxoro ko‘chasining Zarafshon ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi barcha turdagi transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech