06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,6 °C

Turizm
11 Noyabr  2019 1218

Turizm sohasida kamida bir million o‘zbekistonlik mehnat qilishi kerak

“Turizmni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan strategiyaga muvofiq, ushbu sohada va u bilan bog‘liq yo‘nalishlarda O‘zbekistonda kamida bir million kishi mehnat qilishini kutmoqdamiz, ­­­­­­­­­­­­­­­­­­­– dedi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov sayyohlik yarmarkasi ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida. – Ayni paytda sohada 350 ming nafarga yaqin o‘zbekistonlik mehnat qilmoqda”.

Muzaffar Abdullayev olgan suratlar

Toshkent 13-15 noyabr kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” MKKda bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘lida turizm – 2019” XXV xalqaro sayyohlik yarmarkasini qabul qilishga tayyorlanmoqda. Kutilayotgan tadbirga bag‘ishlangan matbuot anjumani bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.b. Abdulaziz Akkulov ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Yarmarka mamlakatimiz va butun Markaziy Osiyo mintaqasi sayyohlik sanoatining eng yorqin voqyeasi bo‘lib, har yili dunyoning eng yirik sayyohlik kompaniyalari e'tiborini tortadi. Forumda ishtirok etish uchun dunyoning turli burchaklaridan 200 dan ortiq sayyohlik sohasidagi mutaxassislar to‘planishadi.

Forum mehmonlarini xalqaro va Milliy pavilonlar kutib oladi, unda yetakchi xalqaro va mahalliy transport kompaniyalari, sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalar, diplomatik vakolatxonalar va oliy ta'lim muassasalari stendlari joylashtiriladi.

Yarmarka doirasida Sharq bozori, “Ipak yo‘li ta'mi” milliy taomlari festivali, O‘zbekiston sayyohlik brendi elchilarining xalqaro forumi, ijodiy tanlovlar g‘oliblarini taqdimotlar, mahorat saboqlari, bahs-munozaralar va taqdirlash kabi yorqin tadbirlar o‘tkaziladi.

Tadbir O‘zbekistonda turizm biznesini yanada rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, uning salohiyati butun dunyoda juda yuqori deb tan olingan. Bu ishlar barcha yo‘nalishlarda olib borilmoqda va turizm sohasini respublikaning “iqtisodiyot lokomotivi” ga aylantirish kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech