19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Xavfsizlik
24 Sentyabr  2019 834

Uchquduqda bosqinchilar bir xonadondan 26 mln. 500 ming so‘m pulni olib ketgan

18-sentyabr kuni Navoiy viloyatining Uchquduq tumani Geologlar ko‘chasidagi xonadonga ikki nafar noma'lum shaxs o‘zlarini kommunal xizmati xodimlari deb aldab kirishgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qiladi.

Ular ushbu xonadon egasining farzandi uyda yolg‘iz qolganidan foydalanib, uning qo‘llarini skoch bilan bog‘lab, bosqinchilik jinoyati sodir etishgani va xonadondan 26 mln. 500 ming so‘m pul hamda “Samsung J-4” rusumli mobil apparatini olib ketgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, zudlik bilan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu bosqinchilik jinoyatini sodir etgan 1994-yilda tug‘ilgan F.F. va 1993-yilda tug‘ilgan A.Sh. va jinoyat sodir etish uchun qulay sharoit va boshqa ma'lumotlar haqida xabar berib turgan, xonadon egasi bilan birga ishlovchi 1994-yilda tug‘ilgan E.F.lar qo‘lga olingan.

Gumon qilinuvchilarning yashash uylari tekshirilganda, ularning uylarida saqlanayotgan pullar, ikkita mobil apparati va jinoyat sodir etishda foydalaniladigan buyumlar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech