13 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,8 °C

Salomatlik
23 Iyul  2020 484

Oʻzbekistonga qiymati 4 million dollardan ortiq insonparvarlik yuki yetkazib berildi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi Birdamlik va COVID-19 ga javob berish global jamgʻarmasi orqali JSST Bosh qarorgohi tomonidan xarid qilingan, umumiy qiymati 4 million dollardan ortiq va umumiy ogʻirligi 85 tonnaga yaqin boʻlgan insonparvarlik yukini COVID-19 pandemiyasiga javob chora-tadbirlari doirasida, JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi koʻmagida, Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berdi.

Insonparvarlik yukini joʻnatish ikki bosqichda amalga oshirildi. 619 ming 400 ta yuz himoya qalqonchasi va 2 million 176 ming dona jarrohlik niqobidan iborat birinchi joʻnatma Toshkentga 8-iyulda yetkazib berildi. Navbatdagi koʻmak esa poytaxtimizga 17-iyul kuni olib kelindi. JSSTning bu galgi yordami shaxsiy himoya vositalari, jumladan, himoya koʻzoynagi (95 ming 200 dona), himoya kiyimlari (178 ming dona), jarrohlik niqoblari (12 ming dona), KN95 respirator niqoblari (1 million 64 ming dona)dan iborat.

Yuk Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga topshiriladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Qayd etish joiz, ushbu insonparvarlik yuki Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan Oʻzbekistonga koʻrsatilayotgan yordamning bir qismidir.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech