30 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -1,8 °C

Xalqaro hamkorlik
10 May  2020 3646

Koreyadan 192 ming dollarlik yordam

Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga insonparvarlik yuki jo‘natildi.

O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchixonasi tomonidan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik doirasida umumiy og‘irligi 34 tonna bo‘lgan insonparvarlik yuki shakllantirildi.

Tashkil etilgan mazkur ko‘makning og‘irligi 6,2 tonna bo‘lgan birinchi qismi mamlakatimizga 26-aprelda yetkazilgan edi.

10-mayda umumiy qiymati 192 ming dollarga yaqin tibbiy vositalar shaklidagi navbatdagi insonparvarlik yuki ortilgan «Uzbekistan Airways» kompaniyasining maxsus samolyoti Seuldan Toshkentga uchib ketdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Qimmatli yuk tarkibiga avtomatik boshqariladigan ko‘p funksiyali tibbiy karavot, antiseptik va dezinfeksiya vositalari, tibbiy niqoblar, inson immun tizimini mustahkamlashga xizmat qiladigan ozuqaviy qo‘shimchalar kiritilgan.

Insonparvarlik yordami Janubiy Koreyaning «BOMI Engineering», »LH Corporation», «Evergreen Motors», «Infinity Co., Ltd.» kompaniyalari, Shinxan universiteti hamda ushbu mamlakatda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlar va o‘zbekistonlik talabalar tomonidan taqdim etildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech