07 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28 °C

Transport
3 Iyun  2020 1085

GMR Group kompaniyasi aeroportlarimizga xaridormi

Hindistonning GMR Group kompaniyasi bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Transport vazirligi hamda Hindistonning GMR Group kompaniyasi vakillari bilan videokonferensiya aloqa shaklida uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda aviatsiya sohasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama etildi.

Muzokaralar davomida GMR vakillari kompaniya tomonidan Hindiston, Turkiya va Filippinda xalqaro aeroportlarni qurish, modernizatsiya qilish va boshqaruv tizimida amalga oshirilgan yirik loyihalar taqdimoti oʻtkazildi. Mazkur kompaniya “yashil aeroportlar” konsepsiyasini rivojlantirishda shuningdek, aeroportlarga innovatsion texnologiyalarni (yuzni aniqlash va tanish texnologiyalari, mobil telefonlar imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda nazorat-oʻtkazish punktlaridan yoʻlovchilarni oʻtkazuvchanlik qobiliyatini bir necha barobarga oshirish va boshqalar) oʻrnatishda katta tajribaga ega.

Uchrashuvda Transport vazirligi tomonidan Markaziy Osiyo logistika xabini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar xususida maʼlumot berildi. Shuningdek, GMR kompaniyasiga viloyatlardagi xalqaro aeroportlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida investorlarga berish boʻyicha oʻtkaziladigan tenderlarda ishtirok etishga taklif etildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech