14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,7 °C

Turizm
7 Avgust  2019 859

“O‘zbek milliy gastronomiyasi muzeyi” tashkil etiladi

O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi anjumanlar zalida Gastronmik turizm assotsiatsiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Assotsiatsiya O‘zbekistonda sayyohlik mavsumini uzaytirish maqsadida har yilning noyabr oyida muntazam ravishda “Lazzatli O‘zbekiston” xalqaro milliy taomlar festivaliga mezbonlik qiladi, festivalga xalqaro turistik agentliklarini muntazam jalb etib boradi va tadbir doirasida O‘zbekiston bo‘ylab hududiy gastronomik turlarni tashkil etadi.

Shuningdek, Assotsiatsiyaga a'zo restoranlar va ularning xodimlari orasida “Xorijliklar e'tirofiga sazovor bo‘lgan yilning eng yaxshi restorani, “Yil ofitsianti”, “Yil restoran menejeri”, “Yil bosh oshpazi” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlash marosimlari o‘tkaziladi.

“O‘zbek taomlari xorijiy sayyohlarni jalb qiluvchi asosiy omillardan biridir. Gastronomik assotsiatsiya faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekistonning gastronomik brendlarini yaratish va ommalashtirishni ham ko‘zda tutadi”, – deydi Assotsiatsiya raisi Gulnoza Odilova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek oshxonasi, milliy taomlar taqdimoti va ularning tarixini xorijiy sayyohlarga kompleks tanishtiradigan “O‘zbek milliy gastronomiyasi muzeyi” tashkil etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech