26 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,3 °C

Yashil sayyora
12 Fevral  2020 1986

Sayg‘oq – fotoqopqon ob’ektivida

Kuni kecha «Saygachiy» majmua buyurtmaxonasida o‘rnatilgan fotoqopqon nigohiga 35 bosh sayg‘oq tushib qoldi. So‘nggi besh yil ichida mamlakatimizda sayg‘oq populyasiyasi uchramaganligi sababli bu o‘ziga xos muhim hodisa bo‘ldi.

Bugungi kunga kelib sayg‘oq qisqarib borayotgan tur sifatida Xalqaro hamda O‘zbekiston qizil kitoblari ro‘yxatiga kiritilgan. Xususan ustyurt populyasiyasi sayg‘oqlari qisqarib borayotganligi sababli uni saqlab qolish uchun zarur chora-tadbirlarni qabul qilishni talab etadi.

2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hukumatlari o‘rtasida  sayg‘oqlarni muhofaza qilish, ko‘paytirish va barqaror rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro kelishuv imzolangan. Hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida 2016-yilda Qozog‘iston bilan chegaradosh hududda «Saygachiy» majmua buyurtmaxonasi tashkil etilgan, deya xabar beradi Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech