22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,1 °C

Transport
28 Oktyabr  2019 722

O‘zbekistonda transport uchun yagona chipta joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Toshkent shahar boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra, 2020-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasida jamoat transporti uchun yagona to‘lov tizimi joriy etiladi. 

Ushbu tizimning ishlash tamoyili qanday, chiptani qaerda va qanchaga olish mumkin bo‘ladi?
Hajm jihatidan bank plastik kartochkasiga o‘xshash aloqa tizimiga ulanmagan chipta yordamida O‘zbekistonning barcha shaharlaridagi har qanday transport turida to‘lovni amalga oshirsa bo‘ladi. Chiptani 30 ming so‘mga sotib olib, mobil telefondagi ilova yoki bank plastik kartochkasi orqali (shu jumladan, xalqaro to‘lov tizimlari yordamida) mablag‘ bilan to‘ldirib borish mumkin. Yangi metro bekatlaridagi turniketlar ushbu tizim joriy qilinishi uchun moslashtirilgan.

Chiptalar to‘rt xil bo‘ladi: pensionerlar, talabalar va o‘quvchilar uchun, imtiyozli chipta hamda umumiy yagona transport chiptasi. Transportdan foydalanish uchun to‘lov har bir hududda o‘rnatilgan tarifga bog‘liq bo‘lib, yo‘lovchilarning turli toifalari uchun imtiyoz va chegirmalar hisobga olinadi. Chiptalarda chipta egasining rasmi tushirilgan bo‘lishi rejalashtirilgan va ular davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladi.

Transportda ye-chiptadan qanday foydalaniladi?
Jamoat transporti safar uchun to‘lovni o‘zi yechib oladigan hisob qurilmalari bilan ta'minlanadi. Yo‘lovchi chiptani qurilmaga yaqinlashtirsa to‘lov avtomatik ravishda yechiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech