07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,2 °C

Agrosеktor
21 Yanvar  2020 1300

O‘zbekistonda Ispaniya texnologiyalari asosida intensiv bog‘lar tashkil etiladi

O‘zbekistonning Ispaniyadagi Elchixonasida zamonaviy intensiv bog‘dorchilikka ixtisoslashgan «Viveros Veron» qishloq xo‘jalik kompaniyasining rahbari Chus Veron bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekistonda Ispan texnologiyalariga asoslangan intensiv bog‘dorchilikni joriy etishga qaratilgan investitsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, bog‘ o‘simliklari ko‘chatxonasi qurish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish haqidagi masalalar muhokama qilindi.

«Viveros Veron» kompaniyasiga 1917-yilda asos solingan bo‘lib, u bog‘dorchilik, mevali va dekorativ daraxtlar ko‘chatlarini yetishtirishga, shuningdek, urug‘chilikka, danakli mevali daraxtlarning yangi navlarini ro‘yxatga olingan «VEF Internacional» markasi ostida yetishtirishga ixtisoslashgan. Kompaniya katta xilma-xillikdagi mevali daraxtlarni yetkazib berish sohasida peshqadamliq qiladi, shuningdek turli texnik xizmatlarni ko‘rsatadi.
Uchrashuv davomida o‘zbekistonliklar tomonidan respublikamizning eksport-investitsiya salohiyati va milliy qishloq xo‘jaligi sohasining rivojlanish istiqbollari taqdimoti o‘tkazildi.

Ispaniya kompaniyasi rahbari O‘zbekiston bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatishdan hamda intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini izhor etdi. yetishtirilgan hosilning Rossiya, XXR, BAA, Yaponiya, Malayziya va boshqa mamlakatlarga eksport qilinishi taxmin qilinmoqda.

Muzokaralar natijasida «Viveros Veron» kompaniyasi faolyati bilan tanishish va respublikamiz hududida investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelgusi ishlarni belgilab olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxonalarni rivojlantirish agentligi delegatsiyasining Ispaniyaga tashrifini tashkillashtirishga kelishib olindi, deya xabar beradi «Dunyo» AA muxbiri.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech