01 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,6 °C

Dolzarb
19 May  2020 736

Vatandoshlarimiz chegarada qolib ketmaydi

Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegarasida toʻplangan 1 100 nafar hamyurtimiz Vatanga olib kelinadi.

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga binoan Rossiya va Qozogʻistonning vakolatli organlari bilan Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegarasida toʻplangan Oʻzbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish masalasi ishlab chiqildi.

Mamlakatimizning Moskva va Ostona shaharlaridagi Elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi Bosh konsulxonalari tomonidan “Mashtakovo” nazorat-oʻtkazish punkti yaqinida boʻlib turgan vatandoshlarimiz roʻyxati tuzildi hamda tashkiliy va transport masalalari hal qilindi.

Vatanimizga mazkur roʻyxatga kiritilgan jami 1 100 nafar hamyurtimiz olib kelinadi. Xususan, 2020-yil 18-may va 19-may kunlari 550 nafardan vatandoshimizning avtobuslarda Oʻzbekistonga qarab yoʻlga chiqishi rejalashtirilgan. Ular yetib kelishlari bilan 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Vatandoshlarimizning Rossiya-Qozogʻiston chegarasi orqali Oʻzbekistonga olib kelish istisno tariqasida va diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan avvaldan shakllantirilgan roʻyxat asosida amalga oshirilmoqda. Qoʻshimcha roʻyxat tuzish koʻzda tutilmagan.

Shu munosabat bilan Rossiya hududida boʻlib turgan fuqarolarimizdan “Mashtakovo” nazorat-oʻtkazish punkti yoki boshqa Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegarasini kesib oʻtish punktlariga borishga urinmasliklarini, hozirda boʻlib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin choralariga qatʼiy rioya qilishlarini soʻraymiz.

Fuqarolarimizni Qozogʻiston hududi orqali Oʻzbekistonga olib kelishning qayta boshlanishi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot beriladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech