31 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,4 °C

Mamlakatimizda
12 May  2020 1838

Vatandoshlarimiz qolib ketmaydi

O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun charter reyslar tashkil qilindi.

2020-yil 8-10-may kunlari Dubay, Minsk, Seul va Dehli shaharlaridan 800 dan ortiq hamyurtlarimiz charter reyslar orqali vatanimizga olib kelindi.

11-may kuni esa Germaniyaninng Frankfurt shahridan charter reys orqali 168 nafar yurtdoshimizning kelishi kutilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan hamyurtlarimizni boshqa davlatlardan vatanga qaytarish uchun charter aviareyslari tashkil etish bo‘yicha ishlar davom etyapti.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi TIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech