06 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -5,2 °C

Transport
13 May  2020 1907

Vatanga qaytish davom etadi

Horijdagi vatandoshlarimizni charter reyslarida olib kelish davom etmoqda.

2020-yil 8-12-may kunlari Dubay, Minsk, Seul, Dehli, Frankfurt va Moskva shaharlaridan 1 243 nafar vatandoshlarimiz charter reyslarida yurtimizga olib kelindi.

Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi maʼlumotlariga koʻra, 13-may kuni, taxminan soat 19.00 da charter layneri Istanbuldan kelishi kutilmoqda.

Boshqa davlatlardan kelgan vatandoshlarni qaytarish uchun charter reyslarini tashkil etish boʻyicha ishlar davom etyapti.

Eslatib oʻtamiz, eng avvalo keksa, kasal, homilador fuqarolar va bolali ayollar birinchi galda qaytariladi.

Shuningdek chet eldagi fuqarolarimizdan karantin qoidalariga rioya qilishlarini va boʻlib turgan mamlakatlari aeroportlarida diplomatik vakolatxonalar va “ Uzbekistan Airways” AJ xabarisiz yigʻilmasliklarini iltimos qilamiz.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qatʼiy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech