07 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28 °C

Ijtimoiy hayot
14 Iyul  2020 427

Vaziyat nazoratga olingan

Oʻzbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida yuz bergan hodisa yuzasidan axborot beradi.

Oʻzbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi 2020-yilning 13-iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Amur viloyati Svobodniy tumanidagi “ Renaissance Heavy Industries” kompaniyasiga tegishli vaqtinchalik vaxta shaharchasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida yuz bergan hodisani nazoratga oldi.

Mazkur masala boʻyicha Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa vakolatli organlari bilan muntazam muloqot olib borilmoqda.

Boʻlib oʻtgan hodisa tafsilotlarini aniqlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini taʼminlash maqsadida voqea joyiga Elchixona Bosh konsuli yetib bordi.

Elchixona rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda mojaroni keltirib chiqargan sabab va shart-sharoitlarni oʻrganish, muammoning barcha tomonlar uchun maqbul boʻlgan yechimini topish boʻyicha ish jarayoni va natijalari haqida qoʻshimcha axborot beradi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech