17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Salomatlik
1 Aprel  2019 1294

Velosipedda sayr qilish yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi

Sog‘liqni saqlash vazirligi sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti borasida tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, joriy yil 9-martda Yurish kuni, 16-martda Yurish bo‘yicha marafon kuni hamda 23-mart kuni mamlakatimizda “Salomatlik sari qadam” kuni o‘tkazildi. Ushbu ommaviy tadbirlar aholida sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirib, jismoniy faol bo‘lishga xizmat qilishi shubhasiz.

 

Ana shu tadbirlarning davomi sifatida vazirlik tomonidan qator davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida joriy yilning 30-mart kuni yurtimizda “Velosipedda sayr kuni” o‘tkazildi.

Velosiped sayrining inson organizmiga foydali tomonlari juda ko‘p. Avvalo, tana a'zolarini “uyg‘otib”, mushaklarni faollashtiradi. Pedallarni aylantirishdagi ritmik harakatlar son, tos, boldir va umurtqa pog‘onasini mustahkamlaydi. Velosiped sayridan zavq olish uchun kam tezlikda, mo‘tadil harakat qilish lozim.

– Velosipedda sayr qilish yurak-qon tomir tizimini mustahakamlaydi, yurakning jismoniy zo‘riqishlarga chidamliligini oshiradi. Qon aylanishi va modda almashinuvining yaxshilanishiga olib keladi, – deydi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari El'mira Basitxonova. – Shu bois, doimiy velosipedda sayr qilish ko‘pgina kasalliklar, jumladan, yurakning ishemik xastaligi, infarkt va insultdan saqlanishga yordam beradi. Nafas olish ritmini rivojlantirishda ham velosayr muhim o‘rin tutadi. Tez va faol nafas olish hisobiga qonning kislorod bilan to‘yinishi oshadi, o‘pkada havo almashinuvini ta'minlovchi metabolik jarayonlar yaxshilanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan ommaviy velosiped sayrida Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati, ixtisoslashtirilgan markazlar va klinikalar shifokorlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari hamda kollej o‘qituvchi va talabalari, DSENM, statsionar  va ambulator-poliklinika muassasalari xodimlari faol ishtirok etishdi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech