
Sport
10
Yanvar 2019
1547
Velosport. Hamyurtimiz Osiyo chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi
Indoneziyaning Jakarta shahrida velotrek bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda. Quvonarlisi, musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Olga Zabelinskaya guruh poygalarida 70 ochko to‘pladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Xuan Ting Ing (Tayvan, 22 ochko) va Jan Ying (Xitoy, 15 ochko)lar qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, ushbu muvaffaqiyat Zabelinskayaga oltin medaldan tashqari Tokio 2020 Olimpiadasi litsenziyasi uchun lozim bo‘lgan qimmatli reyting ochkolarini ham taqdim etdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi matuot xizmati
olympic.uz surati