01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,3 °C

Energetika
19 Fevral  2020 1333

Vengriya yurtimizda AES qurilishini qo‘llab-quvvatlaydi

2020-yil 18-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Vengriyaning tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Per Siyyarto boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Tadbirda Vengriyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchisi Peter Santo ham ishtirok etdi.

Bunda tomonlar O‘zbekistonning yoqilg‘i-energetika kompleksiga oid istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildi.

O‘tgan yili yurtimizda atom energetikasi ob’ektlari qurilishini moliyalash va qonunchilik bazasini yaratish masalalari qatorida «O‘zatom» agentligi hamda Vengriya atom energetikasi regulyatori tomonidan Rossiyada ishlab chiqarilgan VVER-1200 reaktorli ikkita energoblok negizida «Paksh-2» AES qurilishi tajribasi o‘rganilgan.

Qayd etish kerakki, faoliyat yuritayotgan «Paksh» AES yeI a’zolari o‘rtasida eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega bo‘lgan Vengriya elektr energiyasining taxminan 40 foizini ishlab chiqaradi.

Tadbirda Vengriya tomoni yadro energetikasi, shuningdek tabiiy gaz yetkazib berish masalalariga e’tibor qaratdi. Qayd etilganidek, Vengriya Iqlim bo‘yicha Parij bitimining a’zosi sifatida, atom energetikasisiz atmosferaga zararli chiqarish ko‘rsatkichlarini kamaytirishga erishib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi.

Vengriyada AES qurilishi haqidagi qaror iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlashni hisobga olgan holda qabul qilingan. Zero, atom energiyasi barqaror va raqobatbardosh qiymatga ega, bu esa iqtisodiyotning uzoq muddatli rivojlanishini rejalashtirishga muhim rol o‘ynadi.

O‘zbekistonning o‘z hududida yadro energetikasini rivojlantirish borasidagi tanlovi nihoyatda to‘g‘ri ekanligi Vengriyalik mehmonlar  tomonidan alohida ta'kidlandi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha tomonlar umuman, tinch atomdan foydalanish, va xususan O‘zbekistonda birinchi AES qurilishi sohasida hamkorlikni rivojlantirish haqida o‘zaro kelishuvga erishdi.

Vengriya tomoni O‘zbekiston uchun ajratiladigan stipendiyalar doirasida atom energetikasi bo‘yicha mutaxassislarni o‘qishga yuborish haqidagi taklifni ko‘rib chiqish fikrini ilgari surdi. Bunda Budapesht texnika universitetidagi yaxshi ta’lim dasturi va «Paksh» AES da amaliyotni o‘tkazish imkoniyati qayd qilindi.

Vengriya delegatsiyasi may oyida Toshkentda energetika sohasidagi muhim anjuman — an’anaviy «Power Uzbekistan 2020» ko‘rgazma-konferensiyasiga taklif etildi, deya xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech