25 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11 °C

Raqamlashtirish
6 Mart  2020 2305

Infratuzilma raqamli tizim orqali

Jahongir Ortiqxo‘jaev VEON telekommunikatsiya xoldingi direktorlar kengashi hamraisi Kaan Terzioglu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, davlat xizmatlari va boshqa yo‘nalishlarga zamonaviy axborot-kommuniksiya texnologiyalari yutuqlarini keng joriy etish masalasi muhokama etildi.

Toshkent shahar hokimi poytaxtning bugungi rivojlanish tempi, shahar infratuzilmasi yangilanishi jarayonida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash ahamiyatli ekanligi haqida tushuncha bera turib, ularni tatbiq etishda albatta ilg‘or davlatlar va kompaniyalar bilan ish olib borilishi muhimligini bildirdi.

Kaan Terzioglu VEON xoldingida davlat xizmatlari, xavfsiz shahar, trafikni boshqarish kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha eng yaxshi, samarali va sinalgan resurslar hamda uskunalar borligini ma’lum qilib, Toshkentning talab va ehtiyojiga ko‘ra, ularni olib kelish va joriy etishda hamkorlikda ishlash taklifini bildirdi. Shuningdek, poytaxtimizda raqamli kabel infratuzilmasini rivojlantirish uchun investitsiya kiritish rejasi borligini ta’kidladi, deb xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech