23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,7 °C

Kеyingi avlod
26 Iyul  2019 793

O‘zbekiston uchun veterinar shifokorlar Belarusda tayyorlanadi

Vitebsk davlat veterinariya tibbiyot akademiyasida O‘zbekiston agrar sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha universitetlararo fakultet tashkil etildi va Samarqand veterinariya meditsinasi instituti uning hamkoriga aylandi.

Belarus-O‘zbekiston fakultetining tashkil etilishidan oldin talabalar almashinuvi amalga oshirildi, ular o‘qishdan so‘ng Vatanga qaytgach, o‘z taassurotlari, ilmiy kadrlar tayyorlash darajasi bilan o‘rtoqlashdilar va akademiyaning ulkan moddiy bazasi haqida so‘zlab berdilar. Bundan tashqari, ular Vitebsk universitetining magistraturasida o‘qishni davom ettirish istagini bildirdilar. Ushbu fakt SVMI rektori Xudoynazar Yunusovni xalqaro do‘stlikni mustahkamlashga undagan, deya xabar beradi «Vitebskie vesti» gazetasi.

Tashrif davomida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashdan tashqari, rektorlar o‘quv dasturlari va qo‘llanmalarini birgalikda tayyorlash, o‘zaro manfaatli ilmiy-tadqiqot loyihalarini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.

Yangi o‘quv yilidan boshlab, magistrantlardan tashqari, O‘zbekistondan VDVTAga 20 dan ziyod talaba o‘qishga keladi va ular «Veterinariya tibbiyoti» va «Veterinariya farmatsiyasi» mutaxassisliklarini o‘zlashtiradilar. Ular so‘nggi ikki kursga o‘qishga kiradilar va ikki yil o‘tib, akademik jarayonni yakunlashadi. Diplom va magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq komissiyada vitebsklik va samarqandlik mutaxassislar ishtirok etadilar.

Xudoynazar Yunusov, shuningdek, vatandoshlarining vetakademiya negizida amaliyot o‘tashidan manfaatdor, chunki uning baho berishicha, bo‘lg‘usi veterinar nafaqat keng bilimga, balki yuqori malakali ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish uchun u yerda hamma narsa bor.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech