22 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,5 °C

Xalqaro hamkorlik
23 Iyun  2020 593

Italiya elchisi bilan videokonferensiya

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Italiyaning Toshkentdagi elchisi bilan onlayn-muloqot oʻtkazdi.

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Italiya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Andrea Bertossi bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar oʻtkazdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

TIV Matbuot xizmatiga koʻra, suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Italiya munosabatlarining bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi, shu jumladan oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga muhim ahamiyat berilayotgani qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan 2019-yil 6-mayda Rim shahrida boʻlib oʻtgan Hukumatlararo ishchi guruhning 6-majlisi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Madaniy-gumanitar va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni faollashtirish boʻyicha takliflar ham koʻrib chiqildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech