22 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,9 °C

Kеyingi avlod
24 May  2019 981

Viloyat hokimi maktablardagi ta'lim sifatini oshirishga ko‘mak bermoqda

Xorazm viloyati hokimining tashabbusi bilan test sinovlarining natijalariga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

Selektorda umumta'lim maktablari bitiruvchilarini Oliy ta'lim muassasalariga tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilgan sinov testlari natijalari va ushbu jarayonda aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimining Yoshlar siyosati va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari boshchiligida ishchi guruh tuzilib, oliy ta'lim muassasalari va ularning yo‘nalishlari, O‘zbekistondan tashqarida joylashgan oliy ta'lim muassasalari diplomlarini nostirifikatsiya qilish bo‘yicha, qolaversa, kirish imtihonlaridagi o‘zgarishlar va bir vaqtning o‘zida uchtagacha oliy ta'lim muassasalariga imtihon topshirish tartibi to‘g‘risida har bir bitiruvchi va ularning ota-onalariga xabardor qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Past natijalar ko‘rsatgan ta'lim muassasalari direktorlari va fan o‘qituvchilari bilan bevosita suhbatlashib, mavjud muammolar aniq ko‘rsatildi. 151 ta ta'lim muassasasiga metodik yordam zarurligi ta'kidlanib, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘iga qator topshiriqlar berildi. Tuman, shahar hokimlariga maktab direktorlari bilan hamkorlikda umumta'lim muassasalarida ta'lim sifatini yaxshilash bo‘yicha yetarli shart-sharoitlar yaratish vazifasi topshirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech