15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,9 °C

Mamlakatimizda
7 May  2019 926

Viloyat hokimi yoshlar bilan “Hayot darsi”da uchrashdi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar bilan uchrashib, ochiq suhbat o‘tkazdi.

“Hayot darsi” deb nomlangan suhbatda viloyat hokimi bugungi globallashuv zamonida yoshlar tarbiyasi, ularning ta'lim olishi va kelajagi, jamiyatda munosib o‘rin egallashi kerakligini ta'kidladi. Shuningdek, yoshlar ongida mamalakatimiz kelajagi, amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini uyg‘otish kabi muhim masalalar haqida so‘z bordi.

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan ko‘plab farmon va qarorlar, qonunosti hujjatlar haqida ma'lumot berdi. Shu bilan birga Sh.Abdurahmonov Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus haqida so‘z yuritib, bularning barchasi yosh avlod uchun muhim qadam bo‘lganini qayd etdi.

Yurtimizda rivojlangan davlatlardagi kabi ijtimoiy investitsiyalarni ko‘paytirishga alohida e'tibor berilayotgani, davlat va jamiyat rivoji uchun yetuk kadrlar tayyorlash maktabgacha ta'lim muassasalaridanoq boshlanayotgani quvonarli. "Bolaning bog‘chada olgan tarbiyasi uning kelajakda qanday inson bo‘lib ulg‘ayishida juda katta rol o‘ynaydi. Shu bois, tarbiyaga, farzandlarimizni milliy qadriyatlar, o‘zbekona odob-axloq ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratishimiz lozim. Zotan, ertaga ular yaqinlariga mehr-oqibatli, Vatanini sevadigan, uning koriga yaraydigan inson bo‘lib kamol topsin", dedi viloyat hokimi.

Tarbiya oiladan boshlanadi, ota-ona farzandlar uchun na'muna bo‘lishi bilan birga, avlodlar davomchilari bo‘lmish farzandlarimizni haqiqiy vatanparvar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq etib tarbiyalash lozim. Katta hayotga qadam qo‘yayotgan yosh oilalarda oila, hayotning muqaddasligi, ro‘zg‘or haqida tushunchalarga ega bo‘lishi kerak. Viloyat hokimi ayni masalalarga jiddiy e'tibor qaratdi.

Oilalarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, nikoh, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy jihatlari, oilaning muqaddasligi xususida hayotiy misollar orqali tushuntirildi.

Talabalarni qiynayotgan masalalar, muammolar xususida takliflar tinglandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech